Özbekiston erkaklar terma jamoasi Devis kubogi Osiyo/Okeaniya zonasining III guruhida muvaffaqiyatli start oldi
Özbekiston erkaklar terma jamoasi Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida ötayotgan Davis Cup III
Osiyo/Okeaniya guruhi musobaqasini ğalaba bilan boşladi
Guruh bosqiçining ilk uçraşuvida terma jamoamiz Singapur ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
Yakkalik bahslarida Sergey Fomin Bill Çanni 6:4, 7:6(5) hisobida mağlub etdi. Amir Miluşev esa
Jaden Dewandakaga 6:7(3), 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Juftlik bahsida Damir Abdusamadov va Sergey Fomin Bill Çan hamda Maximus Xavier W
juftligini 7:5, 3:6, 6:2 hisobida mağlub etib, Özbekiston terma jamoasiga hal qiluvçi ğalabani taqdim etdi.
Özbekiston A guruhidan joy olgan bölib, guruhdagi raqiblari Singapur, Iordaniya va Filippin terma jamoalaridir.
Yigitlarimizga keyingi uçraşuvlarda omad va zafarlar tilaymiz!
