Kamilla Raximova Torontodagi WTA 1000 turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi

Kamilla Raximova Torontodagi WTA 1000 turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi!

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova Kanadaning Toronto shahrida o‘tayotgan National Bank Open Presented by Rogers (WTA 1000) musobaqasining uchinchi bosqichiga chiqdi.

Ikkinchi davrada Kamilla tajribali chex tennischisi Katerina Sinyakovani 6:7(1), 6:0, 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Raqib uchrashuvni davom ettira olmagani sababli g‘alaba Raximovaga yozildi.

Sinyakova — WTA turining eng tajribali tennischilaridan biri. U juftlik bahslarida sobiq dunyo birinchi raketkasi, ko‘p karra “Katta dubulg‘a” chempioni hisoblanadi. Hozirda esa yakkalik reytingida 36-o‘rinni egallab turibdi.

Uchinchi bosqichda Kamilla J.Pegulaga qarshi kortga chiqadi.