Farg‘onada ITF World Tennis Tour J100 turnirining juftlik bahslari yakunlandi
Farg‘onada ITF World Tennis Tour J100 turnirining juftlik bahslari yakunlandi
Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari Nigina Alimova va Shahzoda Artikbaeva turnir g‘olibiga aylandi. Finalda ular Margarita Aktug‘anova (Isroil) va neytral maqomda ishtirok etayotgan Leila Shakhmuradova juftligini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Makhmudbek Beknazarov va Akhmadjon Toshmukhkamedov juftligi 2-o‘rinni egalladi. Final bahsida ular Yaponiya vakillari Kodai Abe va Sota Kagawa juftligiga 4:6, 6:4, 10:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yosh tennischilarimizni munosib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi turnirlarda omad tilaymiz!
