Farg‘onadagi J100 turnirining yakkalik bahslari yakunlandi

Farg‘onadagi J100 turnirining yakkalik bahslari yakunlandi

Farg‘onada o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J100 turnirining yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik tennischilar sovrinli natijalarni qayd etdi.

🏆 Qizlar o‘rtasida Aleksandra Barmicheva turnir g‘olibiga aylandi. U finalda Xitoy vakili Jiayi Wangni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

🥈 O‘g‘il bolalar o‘rtasida Makhmudbek Beknazarov finalgacha yetib bordi va 2-o‘rinni egalladi. Hal qiluvchi bahsda u Yaponiya vakili Yuta Amanoga 3:6, 6:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tennischilarimizni munosib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi turnirlarda omad tilaymiz!