O‘zbekistonlik juftlik – nufuzli J300 Astana turniri finalchilari

O‘zbekistonlik juftlik – nufuzli J300 Astana turniri finalchilari!

Akmal Abdullaev va Danila Kvasov Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro o‘smirlar turniri – J300 Astana musobaqasining juftlik bahslarida finalga chiqishdi.

Yarim finalda ular musobaqaning birinchi raqamli juftligi – Turkiya vakili Kaan Isik Kosaner va Germaniya tennischisi Patrick-Valentin Moise ustidan 4:6, 6:1, 10:6 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Hal qiluvchi bahsda vakillarimiz Janubiy Koreya tennischilari Min Hyuk Cho va Tae Woo Kimga 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Akmal va Danilani yuqori natija – nufuzli turnir finaliga chiqishgani bilan tabriklaymiz!