O‘zbekiston terma jamoalari Singapurda bo‘lib o‘tayotgan WT Asia 12&Under Team Competition 2026 Finals turnirida ishtirok etmoqda

O‘zbekistonning 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar terma jamoalari Singapurda o‘tkazilayotgan WT Asia 12&Under Team Competition 2026 Finals turnirida ishtirok etmoqda.

Musobaqa 15-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi va Osiyoning eng kuchli yosh jamoalarini bir maydonga jamlagan nufuzli jamoaviy turnir hisoblanadi.

Yosh tennischilarimizga omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!