USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK

USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK!

O‘zbekiston tennis federatsiyasi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Yosh avlodga bilim va tarbiya berish, uning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi sharafli mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq.

Ayniqsa, sportchilarimizning professional kamoloti va yuksak natijalarga erishishida munosib hissa qo‘shayotgan murabbiylarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, farovonlik va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!