HUMOYUN SULTONOV – OSIYO O‘YINLARI MEDALI KAFOLATLANDI
⚡️🇺🇿 HUMOYUN SULTONOV – OSIYO O‘YINLARI MEDALI KAFOLATLANDI!
O‘zbekiston terma jamoasi vakili Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Xitoy Taypeyi vakili Chun-Hsin Tseng ustidan 7:6 (8–6), 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi!
Ushbu g‘alaba bilan Humoyun O‘zbekiston uchun kamida bronza medalini kafolatladi!
Ammo kurash davom etadi — endi oldinda final yo‘llanmasi uchun bahs!
Olg‘a, Humoyun!
