O‘zbekiston delegatsiyasi Vatanga tantanali kutib olindi

O‘zbekiston delegatsiyasi Vatanga tantanali kutib olindi!

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Vatanga qaytdi.

Aeroportda sportchilarimizni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, rasmiylar, sport sohasi vakillari, murabbiylar, ota-onalar va yaqinlar hamda OAV vakillari tantanali kutib oldilar.

Tadbir davomida Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning delegatsiya a’zolariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqalarni yuqori natija bilan yakunlab, umumjamoa medallar hisobida TOP-5 qatoridan joy oldi.

Ushbu muvaffaqiyatga O‘zbekiston tennis terma jamoasi a’zosi Humoyun Sultonov ham munosib hissa qo‘shdi. U erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimiz, murabbiylar va butun delegatsiyani ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz!