Farg‘onada World Tennis «M15 Pepsi Cup» turkumidagi ikkita xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi
Farg‘onada World Tennis «M15 Pepsi Cup» turkumidagi ikkita xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi
2026-yil 26-oktabrdan 8-noyabrgacha Farg‘onada M15 toifasidagi ikkita xalqaro erkaklar turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar ketma-ket ikki hafta davomida «Istiqlol» tennis klubi kortlarida o‘tkaziladi. Har bir turnirning mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnirlar tashkilotchisi O‘zbekiston tennis federatsiyasi hisoblanadi. Turnirlarning bosh homiylari Pepsi kompaniyasi va Hayot Bank hisoblanadi.
Musobaqalarda 20 ga yaqin mamlakatdan 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida Italiya, Fransiya, Germaniya, Isroil, Avstraliya, Chexiya, Rossiya, Belarus, Hindiston va Qozog‘iston vakillari bor.
Turnirlarda o‘zbekistonlik tennischilar ham ishtirok etishi kutilmoqda. Mavsum davomida yaxshi natijalar ko‘rsatgan istiqbolli yosh tennischilar qatorida Mahmudbek Beknazarov, Akmal Abdullayev, Danila Kvasov, Alan Zinatulin, Saidaslam Farxodov va Abdurahmon Karimov bor. Shuningdek, boshqa o‘zbekistonlik sportchilar ham qatnashishi kutilmoqda.
M15 toifasidagi xalqaro turnirlar yosh sportchilarga kuchli raqiblar bilan bahslashish, o‘yin tajribasini oshirish va reyting ochkolari uchun kurashish imkonini beradi. Bunday musobaqalarning o‘tkazilishi O‘zbekistonda tennisni rivojlantirishga hamda mamlakatda xalqaro turnirlarni tashkil etish tajribasini oshirishga xizmat qiladi.
Farg‘ona shahri aholisi va mehmonlarini xalqaro tennis turnirlari seriyasi uchrashuvlarini tomosha qilishga hamda musobaqa ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashga taklif etamiz!
Pepsi turnir davomida ishtirokchilar va muxlislarga tetiklik va ajoyib ta’m ulashadi!
Jonli efir:
