Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida federatsiya raisi boshchiligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi Botir Rahimov rahbarligida federatsiya xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-347-sonli “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mamlakatimizda tennisni yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, avvalgi yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ul xodimlarning hisobotlari tinglandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida Prezident qarorining tegishli bandlari bo‘yicha aniq vazifalar, mas’ul ijrochilar va ijro muddatlari belgilandi. Topshiriqlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi, ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi hamda natijadorlikni ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida federatsiya raisi barcha mas’ul xodimlarga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muntazam hisobot taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
