Mayk Barrell ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Mayk Barrell ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Toshkentda tennisni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspert Mayk Barrell ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar tennisini rivojlantirish, yosh sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish va zamonaviy o‘quv usullarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Mayk Barrell xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashib, bolalarni tennisga jalb etish va ularning sportdagi rivojlanish bosqichlarini samarali tashkil etish bo‘yicha fikrlarini bildirdi. Anjuman davomida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.