Dastur haqida

JTI&STI maktab tennis tashabbusi dasturi – bu maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar oʻrtasida tennisni ommalashtirishga qaratilgan professional tennischilar va murabbiylar ishtirokida maxsus ishlab chiqilgan mahorat darslaridir.
Dastur doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Bolalar professional sportchilar bilan mashg’ulot jarayoniga jalb etilib, ushbu sport turining barcha jihatlarini o’rganadi, shuningdek, tennis bilan shug’ullanish uchun zarur jihozlarni bepul oladi.
Dasturning asosiy maqsadi – «Professional tennischi boʻlish uchun imkon qadar tezroq raketkani qoʻliga olib, mashq qilishni boshlash kerak».

Mahorat darslari 3 darajaga bo’linadi:
– qizil to’p – 5-7 yoshdagi bolalar uchun;
– Yashil to’p – 10-12 yoshdagi bolalar uchun;
– Professional toʻp – 12-14 yoshdagi bolalar uchun.