Namanganda mahorat darsi
Namanganda Maktab Tennis Tashabbusi dasturini taqdim etish.
Namanganda Iroda Toʻlanganova, Farrux Doʻstov va namanganlik murabbiylar ishtirokida oʻtkazilgan mahorat darsini Siz bilan baham koʻrishdan mamnunmiz.
Dasturning boshlang’ich maqsadi: Maktablarda 7-14 yoshdagi bolalar va maktabgacha ta’lim muassasalarida 4-6 yoshdagi bolalar uchun mini-tennis orqali tennis o’ynaydigan Milliy Federatsiyalar yordamida mamlakat bo’ylab tennis o’ynaydigan bolalar sonini ko’paytirish va shu orqali ularni umrbod sportga jalb etish. Dastur koʻplab bolalarga tennis oʻynashni sinab koʻrish va zavq olish imkonini beradi, shunga mos ravishda mamlakatimizda tennis bilan shugʻullanish bazasi kengayadi, bu esa oʻyinning umumiy darajasini oshirishga olib keladi.