Abdulaziz Usmonjonov Nigeriyadagi Devis kubogida raqibiga imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ayni kunlarda Nigeriyaning Lagos shahrida o‘tayotgan Devis kubogida ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar 7–8-fevral kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Pley-off bosqichining birinchi o‘yin kunida Abdulaziz Usmonjonov g‘alabaga juda yaqin keldi, biroq Daniyel Adeleye ga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv hisobi — 6–4, 2–6, 6–4.
Birinchi o‘yin kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikda hisob teng — 1:1.
Devis kubogi erkaklar tennisidagi eng qadimiy va eng nufuzli jamoaviy turnir hisoblanadi. Uning qadri o‘ziga xos muhit va formatida bo‘lib, individual sport turini milliy sharaf uchun jamoaviy kurashga aylantiradi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
