Aichi–Nagoya 2026: O‘zbekiston tennischilarining raqiblari aniqlandi

Aichi–Nagoya 2026: O‘zbekiston tennischilarining raqiblari aniqlandi

Aichi–Nagoya 2026 XX Osiyo o‘yinlari tennis musobaqalariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining yakkalik, juftlik va mikst bahslaridagi dastlabki raqiblari ma’lum bo‘ldi.

Erkaklar, yakkalik:

🇺🇿 Sergey Fomin [9] — ikkinchi davrada 🇹🇯 Tojikiston vakili Somon Amonovga qarshi.

🇺🇿 Xumoyun Sultonov [14] — ikkinchi davrada 🇨🇳 Xitoy vakili Meng Fanmingga qarshi.

Sergey Fomin va Xumoyun Sultonov qur’a natijasiga ko‘ra birinchi davrada o‘yin o‘tkazmaydi va musobaqani ikkinchi davradan boshlaydi.

Ayollar, yakkalik:

🇺🇿 Sevil Yuldasheva — 🇮🇷 Eron vakili Mandegar Farzamiga qarshi.

🇺🇿 Darya Shubina — 🇭🇰 Gonkong vakili Shek Cheuk Yingga qarshi.

Erkaklar, juftlik:

🇺🇿 Sergey Fomin / Xumoyun Sultonov — 🇭🇰 Gonkong vakillari Jack Cheng / Tsun Nam Chengga qarshi.

Ayollar, juftlik:

🇺🇿 Darya Shubina / Sevil Yuldasheva — 🇮🇷 Eron vakillari Mandegar Farzami / Meshkatolzahra Safiga qarshi.

Mikst:

🇺🇿 Maksim Shin / Sevil Yuldasheva — 🇭🇰 Gonkong vakillari Tsz Fu Wong / Hong Yi Wongga qarshi.

Tennis musobaqalari 27-sentabrdan 3-oktabrgacha Yaponiyaning Nagoya shahridagi Nagoya City Higashiyama Park Tennis Center kortlarida bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasiga Osiyo o‘yinlarida omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!