Alan Zinatulin va Abdurahmon Karimov J200 Farg‘ona turniri chempionlari

Alan Zinatulin va Abdurahmon Karimov J200 Farg‘ona turniri chempionlari! 🏆

O‘zbekistonlik yosh tennischilar J200 Farg‘ona turnirining juftlik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Finalda Alan Zinatulin va Abdurahmon Karimov musobaqaning birinchi raqam ostida saralangan Aleksey Ilin va Praneel Sharma juftligiga qarshi kortga chiqdi.

Keskin kechgan final uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischilar raqiblarini 6:1, 7:5 hisobida mag‘lub etib, turnir bosh sovriniga ega chiqdi!