Aleksandra Barmicheva – Roland-Garros Junior Series saralash bosqichi g‘olibi

Aleksandra Barmicheva – Roland-Garros Junior Series saralash bosqichi g‘olibi!

Olmaota shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasida o‘tkazilgan Roland-Garros Junior Series by Renault – West and Central Asia saralash turnirida O‘zbekiston vakili Aleksandra Barmicheva qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi!

Ushbu g‘alaba Aleksandraga oktabr oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Roland-Garros Junior Series final bosqichida ishtirok etish imkonini beradi.

Yaponiyada esa yosh tennischilar 2027-yilgi Roland-Garros Junior turnirining asosiy to‘riga yo‘llanma uchun kurash olib boradilar.

Aleksandrani ushbu muhim g‘alaba bilan tabriklaymiz!