Andijon shahrida ATF 14&Under xalqaro turniri yakunlandi

Andijon shahrida ATF 14&Under xalqaro turniri yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekistonning yosh tennischilari munosib natijalarni qayd etib, bir nechta chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritishdi.

14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar yakkalik bahslarida Milan Zinatulin chempion bo‘ldi. Finalda u Diyorbek Zokirov ustidan 6:1, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi — Diyorbek uchrashuvni davom ettira olmadi.

Qizlar yakkalik bahslarida Odina Xakimova chempionlikni qo‘lga kiritdi. Finalda u S. Nigmatulinani 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

O‘g‘il bolalar juftlik bahslarida Diyorbek Zokirov va Milan Zinatulin juftligi finalda Abbos Nurullayev hamda Qozog‘iston vakili A. Bazarbekovni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar juftlik bahslarida Odina Xakimova va Dilyara Rustamova chempion bo‘lishdi. Finalda ular Eva Gorshenyova va Anna Ovsepyan juftligidan 6:0, 6:2 hisobida ustun kelishdi.

Yosh tennischilarimizni yorqin g‘alabalar bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!