Andijonda ATF 14&U turniri yakunlandi
Andijonda ATF 14&U turniri yakunlandi
Andijon viloyatida 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi ATF 14 & Under (2) turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakkalik bahslarida ham qizlar, ham o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
🥇 Qizlar, yakkalik:
Odina Xakimova finalda hamyurtimiz Ekaterina Fominani 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibasiga aylandi.
🥇 O‘g‘il bolalar, yakkalik:
Azamjon Ziyatov finalda hamyurtimiz Milan Zinatulinni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
🏆 Juftlik bahslari:
🥇 Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari Odina Xakimova va Dilyara Rustamova finalda yana bir o‘zbekistonlik juftlik — Anna Ovsepyan va Laylo Tukhtamishevani 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibasiga aylanishdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Abbos Nurullaev (O‘zbekiston) / Allan-Diyar Bazarbekov (Qozog‘iston) juftligi g‘olib bo‘ldi. Finalda ular Diyorbek Zokirov (O‘zbekiston) / Adilkhan Yeralin (Qozog‘iston) juftligi bilan uchrashdi. Hisob 3:2 bo‘lganida raqiblar uchrashuvni davom ettira olmadi.
Yosh tennischilarimizni muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yangi g‘alabalar tilaymiz!
