Andijonda ITF J30 xalqaro musobaqasi yakunlandi
Andijonda ITF J30 xalqaro musobaqasi yakunlandi
Andijon şahrida ötkazilgan ITF J30 xalqaro ösmirlar musobaqasi Özbekiston tennisçilari uçun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Qizlar örtasidagi yakkalik bahslarida Özbekiston vakili Muslimaxon Turdimurodova (8) finalda Vasilisa Marchenko (Rossiya)ni 6/4, 6/3 hisobida mağlub etib, musobaqa çempioniga aylandi.
Öğil bolalar yakkalik bahslarida Özbekiston vakili Nikita Gafurov finalda musobaqaning birinçi raqamli tennisçisi Somon Amonov (Tojikiston)ga 6/4, 6/7(3), 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinçi örin bilan yakunladi.
Qizlar juftlik bahslarida Elnura Boltaboyeva (Özbekiston) va Eva Kozlova (Rossiya) finalda Evelina Dzepa (Rossiya) hamda Vasilisa Marchenko (Rossiya) juftligini 1/6, 7/6(4), 10:5 hisobida mağlub etib, çempionlikni qölga kiritişdi.
Öğil bolalar juftlik bahslarida Nikita Gafurov (Özbekiston) va Somon Amonov (Tojikiston) finalda Qozoğiston vakillari Dias Tulebergenov va Khaknazar Zhetkerbayni 6/7, 7/5, 10:7 hisobida mağlub etib, boş sovrinni qölga kiritişdi.
Sportçilarimizni muvaffaqiyatli iştiroki bilan tabriklaymiz va ularga xalqaro maydonda yangi zafarlar tilaymiz!
