Chempionlik muborak

🏆🇺🇿 Chempionlik muborak!

Polina Kudermetova va Mariya Timofeeva Guanchjou shahrida o‘tkazilgan WTA 250 toifasidagi Guangzhou Open turnirining juftlik bahslarida chempion bo‘ldilar!

Finalda ular Xitoy Taypeyi vakillari I-Hsuan Cho va Yi-Tsen Cho juftligini 7:5, 7:6(1) hisobida mag‘lub etishdi.

Polina va Mariyani ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz! Bu g‘alaba — yuksak mahorat, matonat va hamjihatlikning yorqin namunasidir. Yangi zafarlar sari olg‘a!