Chuqur hamdardlik

Chuqur hamdardlik

O‘zbekiston tennis federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining sobiq direktori, O‘zbekiston tennisini rivojlantirish jamg‘armasi direktori hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasining sobiq Bosh kotibi Samuk Kazimovich Abidovning vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

Samuk Kazimovich o‘zbek tennisining rivoji, yosh avlodni tarbiyalash va sohaning mustahkam poydevorini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan fidoyi inson edi. Uning tennisga bo‘lgan sadoqati, yuksak mas’uliyati va ko‘p yillik mehnati hamkasblari hamda shogirdlari xotirasida abadiy qoladi.

Marhumning oila a’zolari, yaqinlari va barcha tennis jamoatchiligiga chuqur ta’ziya izhor etamiz.