Devis kubogi

Devis kubogi – erkaklar tennisi boʻyicha eng yirik xalqaro jamoaviy musobaqadir. 1900 yildan buyon har yili, 1979 yildan buyon Xalqaro tennis federatsiyasi homiyligida oʻtkaziladi.

Joriy yilning 2-4 fevral kunlari Devis kubogi jahon seriyasining pley-off bosqichi doirasida Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Polsha terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Oʻyinlarga koʻp sonli muxlislar tashrif buyurib, barcha oʻyinlar davomida sportchilarni qoʻllab-quvvatladi.

Afsuski, sportchilarimiz ushbu bahsda turnirning navbatdagi bosqichiga chiqa olmagan boʻlsa-da, bu oʻyinlarda oʻzlarini yaxshi koʻrsatdilar va ishonchimiz komilki, joriy yilning sentabr oyida boʻlib oʻtadigan navbatdagi uchrashuvda ular albatta oʻz oʻrnini topadilar.

– Uchrashuvlarda qatnashganmisiz?