Farg‘ona shahrida ATF Kinder Tennis xalqaro seminarining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Bugun Farg‘ona shahrida Osiyo tennis federatsiyasi hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ATF Kinder Tennis xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekistonning deyarli barcha hududlaridan tashrif buyurgan ko‘plab murabbiylar ishtirok etdi. Tadbir davomida bolalar tennisini rivojlantirish, zamonaviy tayyorgarlik uslublari hamda Kinder Tennis dasturi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar yuqori saviyada, faol va interaktiv formatda tashkil etildi hamda ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, 15–16 may kunlari Toshkent shahrida seminar davom etadi. Dastur doirasida murabbiylar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, 16 may kuni esa yosh tennischilar ota-onalari uchun maxsus ma’ruza tashkil etiladi. Unda farzandni qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya va murabbiy bilan samarali hamkorlik mavzulari muhokama qilinadi.