Live Stream Tennis

Humoyun Sultonov Nigeriyada bo‘lib o‘tayotgan Devis Cup turnirining ilk uchrashuvda g‘alaba qozondi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hozirda Nigeriyaning Lagos shahrida o‘tayotgan Devis kubogida ishtirok etmoqda.

 

Jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasidagi birinchi o‘yin kunida Humoyun Sultonov raqibi Kanis Abua ustidan 6-3, 6-4 hisobida yorqin g‘alabaga erishdi.

 

Devis kubogi — erkaklar tennisi bo‘yicha eng yirik xalqaro jamoaviy musobaqa hisoblanadi. U 1900-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi, 1979-yildan esa Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) homiyligida tashkil etiladi.

 

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati