Humoyun Sultonov – Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi

🇺🇿 🥉 Humoyun Sultonov – Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi!

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Humoyun Sultonov Aichi-Nagoya 2026 XX Osiyo o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarini bronza medali bilan yakunladi!

Yarim finalda hamyurtimiz Gonkong vakili Coleman Wongga qarshi munosib kurash olib bordi – 6:3, 3:6, 2:6.

Humoyun, bu natija ortida katta mehnat, matonat va Vatan sharafini munosib himoya qilishga bo‘lgan intilish bor.
Bronza medali bilan tabriklaymiz! 🇺🇿

Oldinda hali ko‘plab g‘alabalar bor! O‘zbekiston siz bilan faxrlanadi!