Humoyun Sultonov Zahra shahrida o‘tayotgan ITF M15 turniri finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov ITF M15 Zahra xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakkalik bahslarida musobaqa finaliga yo‘l oldi.

 

Yarim final uchrashuvida Sultonov Yevgeniy Karlovskiy ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 7–6, 6–1. Birinchi set keskin kurashda tay-brekda yakunlandi, shundan so‘ng O‘zbekiston vakili ikkinchi setda o‘yinni to‘liq nazorat qildi.

 

Turnir finalida Humoyun Sultonov ikkinchi yarim final bahsi g‘olibiga qarshi chempionlik uchun kortga chiqadi.

 

 

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati