J200 Hayot Bank Cup turnirida o‘zbekistonlik tennischilar ikki chempionlikni qo‘lga kiritishdi

J200 Hayot Bank Cup turnirida o‘zbekistonlik tennischilar ikki chempionlikni qo‘lga kiritishdi! 🏆🇺🇿

Aleksandra Barmicheva qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslari finalida rossiyalik Tatyana Golovinani 6:1, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi finalda esa Mahmudbek Beknazarov rossiyalik Aleksey Ilinni 6:2, 6:3 hisobida yengib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Tennischilarimizni ajoyib natija bilan tabriklaymiz!