Kamilla Rahimova Adelaidadagi WTA 500 turniri saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Avstraliyaning Adelaida shahrida o‘tayotgan WTA 500 turkumidagi turnirning saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, musobaqaning asosiy to‘riga yo‘l oldi.

 

Saralashning hal qiluvchi uchrashuvida Rahimova Xitoy vakilasi Chjan Shay ustidan iroda va xarakter namoyish etib, 7–5, 5–7, 6–4 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs juda keskin va uzoq davom etdi: Kamilla birinchi setni ishonchli tarzda o‘z foydasiga hal qildi, ikkinchi setda raqibasiga imkoniyatni boy berdi, biroq hal qiluvchi setda o‘z o‘yinini topib, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi.

 

WTA 500 turnirining asosiy to‘riga chiqish Kamilla Rahimova uchun mavsum boshidagi muhim qadam bo‘ldi.

 

 

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati