Kamilla Raximova Angersdagi WTA 125 turnirida chorak finalga chiqdi

O‘zbekiston terma jamoasi tennischisi Kamilla Raximova Fransiyada o‘tayotgan WTA 125 Angers turnirida ishonchli o‘yinlarini davom ettirmoqda. Kecha u ikkinchi bosqichdagi uchrashuvda g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

1/8 final bahsida Raximova Polsha vakili Laura Klimovitsovani 6–0, 6–7(5), 6–3 hisobida mag‘lub etdi.

 

Uchrashuv yuqori darajada kurashga boy bo‘ldi: birinchi setda Kamilla to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi, ikkinchi setni tay-brekda boy berdi, biroq hal qiluvchi setda o‘zini qo‘lga olib, muhim pallalarda barqarorlik ko‘rsatdi va g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi Kamillani mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va keyingi bosqichda omad tilaydi!

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati