Kamilla Raximova Ruminiyadagi WTA 250 turnirida juftlik bahslarida finalga yo‘l oldi
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tayotgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida finalga chiqdi.
Kamilla Raximova ispaniyalik tennischi Sara Sorribes Tormo bilan juftlikda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular yarim finalda Veronika Erjavets (Sloveniya) va Sara Rakotomananga Razaon Tiansoa (Fransiya) juftligini 6-2, 6-7, 11-9 hisobida mag‘lub etishdi.
Finalda Raximova va Sorribes Tormo Xitoy vakillari Sin’yuy Van hamda Saisay Chjen juftligiga qarshi kortga chiqadi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
