Keyra Kim Katmanduda o‘tkazilgan ITF J60 turniri finalchisi bo‘ldi
O‘zbekistonlik tennischi Keyra Kim Nepalda bo‘lib o‘tgan ITF J60 Kathmandu xalqaro o‘smirlar turnirida finalga chiqdi.
Final uchrashuvida o‘zbekistonlik sportchi Janubiy Koreya vakili Sohyon Kimga 6–4, 4–2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Hal qiluvchi bahsda mag‘lubiyatga qaramay, Keyra Kimning Katmandudagi ishtiroki ishonchli va samarali bo‘ldi: J60 toifasidagi turnir finaliga chiqishi uning yuqori salohiyati va xalqaro o‘smirlar maydonidagi barqaror o‘sishini tasdiqladi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
