Layma Vladson Antaliyadagi ITF W15 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi
O‘zbekiston vakilasi Layma Vladson Turkiyada o‘tayotgan ITF W15 Antalya 3 Women xalqaro turnirining ikkinchi bosqichida ishonchli g‘alabaga erishdi.
1/8 final uchrashuvida Layma Vladson germaniyalik tennischi Leone Shuknechtni 6-2, 6-0 hisobida mag‘lub etib, raqibasiga kambek uchun imkon qoldirmadi.
Keyingi bosqichda o‘zbekistonlik tennischi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun italiyalik Anastasia Bertacchi ga qarshi kortga chiqadi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
