Layma Vladson Turkiyadagi ITF W15 turniridagi ishtirokini yakunladi
O‘zbekistonlik tennischi Layma Vladson Turkiyada o‘tayotgan ITF W15 Antalya 3 Women xalqaro turnirining chorak final uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi.
Chorak final bahsida Layma Vladson italiyalik Anastasiya Bertachchiga qarshi g‘alabaga juda yaqin bo‘ldi, biroq 7-5, 4-6, 6-1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
