Mahmudbek Beknazarov Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan ITF J60 xalqaro turnirida chempion bo‘ldi
Yosh tennischimiz Mahmudbek Beknazarov Qirg‘izistonning Cholpon-Ota shahrida o‘tkazilgan ITF J60 xalqaro turnirining yakkalik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi!
Mahmudbekning ushbu yutug‘i uning mehnati, intilishi va yuqori mahoratining yorqin natijasidir.
Yosh tennischimizni ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
