Mehnat va fidoyilik e’tirofi

Mehnat va fidoyilik e’tirofi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport sohasida ko‘p yillik fidokorona mehnati, tennis sportini rivojlantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi murabbiyi Annakulov Omon Bobokulovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi nomidan Omon Bobokulovichni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yosh tennischilarni tarbiyalash yo‘lida yangi zafarlar tilaymiz!