Mumtozabegim Akramova 4th Qatar Asian Junior 14&Under musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
O‘zbekistonlik yosh tennischi Mumtozabegim Akramova 29 noyabr — 6 dekabr 2025-yillarda Dohada o‘tayotgan 4th Qatar Asian Junior 14&Under (2-kategoriya) turnirida barqaror va ishonchli o‘yin namoyish qildi.
Yakka bahslar
Musobaqaning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Mumtozabegim Akramova turnirni ishonchli boshladi va yarim finalga qadar yetib bordi. U yarim finalda rossiyalik Sofiya Ximmelreyx bilan bahslashib, murosasiz uchrashuvda 6–3, 0–6, 1–6 hisobida imkoniyatni boy berdi va to‘rtlik ichida turnirni yakunladi.
Yarim final yo‘lida Akramova quyidagi g‘alabalarga erishdi: Ayiris Ben (Niderlandiya) — 6–1, 6–0 va Al-Tani (Qatar) — 6–0, 6–0.
Bronza uchun bahsda Akramova turnirning to‘rtinchi raqamli tennischisi, turkmanistonlik Sena Ishanquliyevaga qarshi kortga chiqdi. Keskin bahsda Mumtozabegim 3–6, 1–4 hisobida mag‘lub bo‘lib, yakuniy 4-o‘rinni egalladi.
Juftlik bahslari — finalchi
Juftlik bahslarida Mumtozabegim Akramova qatarlik Al-Tani bilan birga finalga chiqdi. Hal qiluvchi uchrashuvda o‘zbekiston-qatar juftligi rossiyalik Sofiya Ximmelreyx va turkmanistonlik Sena Ishanquliyeva juftligiga 2–6, 0–6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi Akramovaning turnirdagi ishtirokini yuqori baholab, uning barqaror o‘sishini, ishonchli o‘yinini va yuqori darajadagi xalqaro raqobatga tayyorligini alohida ta’kidlaydi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
