O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Devis kubogi uchrashuvi uchun Nigeriyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tennis bo‘yicha Devis kubogining Jahon guruhi II pley-off uchrashuvida ishtirok etish uchun Nigeriyaga yo‘l oldi.
O‘zbekistonlik tennischilar Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 7–8 fevral kunlari Lagos shahrida bo‘lib o‘tadi va mavsumning muhim bosqichi hisoblanadi.
Mazkur bahs katta ahamiyatga ega: qarama-qarshilik g‘olibi keyingi yilda Devis kubogining Jahon guruhi I bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi, mag‘lub bo‘lgan jamoa esa Jahon guruhi II dagi o‘rnini saqlab qoladi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Humoyun Sultonov
Ilya Ignatov
Abdulaziz Usmonjonov
Suxrob Saidov
O‘yinchi-kapitan: Denis Istomin
Nigeriya terma jamoasi tarkibi:
Daniyel Adeleye
Kanis Abua
Maykl Emmanuel
Chenna Oparaoji
Abubakara Yusuf
Kapitan: Benson Achi Ishicheli
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
