O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Nigeriyaga qarshi Devis kubogidagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tennis bo‘yicha Devis kubogi Jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasida Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahsni yakunladi. Uchrashuv 7–8-fevral kunlari Lagos shahrida bo‘lib o‘tdi.

 

Birinchi o‘yin kunidan so‘ng hisob teng — 1:1 edi, biroq ikkinchi kuni mezbon jamoa hal qiluvchi ustunlikka erishib, qarama-qarshilikni o‘z foydasiga yakunladi. Yakuniy hisob — Nigeriya foydasiga 3:1.

 

Juftlik bahsida Denis Istomin va Humoyun Sultonov nigeriyalik Kanis Abua hamda Maykl Emmanuel juftligiga 7-6, 6-4 hisobida imkoniyatni boy berdi, yakkalik bahsida esa Ilya Ignatov Daniyel Adeleye ga 6-3, 6-4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

 

Devis kubogi erkaklar tennisidagi eng nufuzli jamoaviy turnirlardan biri hisoblanadi, unda har bir uchrashuv milliy sharaf uchun keskin kurash ostida o‘tadi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi iroda va raqobatbardosh o‘yin namoyish etib, jamoaning keyingi rivoji uchun muhim bo‘lgan qimmatli xalqaro tajribaga ega bo‘ldi.

 

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati