O‘zbekiston Tennis Federatsiyasida yangi tayinlovlar va strategik qarorlar

2025-yil 23-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi vakillari va murabbiylar shtabi ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tennis tizimini rivojlantirish va milliy terma jamoalarni mustahkamlashga qaratilgan asosiy tashkiliy va strategik masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida murabbiylar kengashining yangi tarkibi, uning raisi hamda terma jamoalar menejerlari taqdim etildi.

Shuningdek, Billie Jean King Cup turnirida ayollar terma jamoasi va 12 yoshgacha bo‘lgan jamoaning ishtiroklari yuzasidan hisobotlar eshitildi. Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabiga qabul mezonlari va 2026-yilgi terma jamoalar tayyorgarlik rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Murabbiylar kengashi raisi etib Yuriy Nikolaevich Kolesnichenko tasdiqlandi.

Toshkent shahar tennis federatsiyasi rahbari va erkaklar terma jamoasi menejeri lavozimiga Shuxrat Xayrulloevich Xikmatov tayinlandi.

Ayollar terma jamoasi menejeri etib Liliya Alisherovna Xo‘jayeva tayinlandi.

Mazkur yig‘ilish tennischilarni tayyorlash tizimini strukturaviy mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi va unda qabul qilingan qarorlar 2026-yilgi mavsum oldidan terma jamoalar faoliyatining yo‘nalishini belgilaydi.

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati