O‘zbekistonlik o‘smir tennischilar Tailandda J200 va J300 toifasidagi turnirlarda ishtirok etadi
O‘zbekistonlik tennischilar Akmal Abdullayev va Makhmudbek Beknazarov ITF Juniors seriyasining nufuzli xalqaro turnirlari J200 Nonthaburi va J300 Nonthaburi musobaqalarida ishtirok etish uchun Tailandga yo‘l olishdi.
Musobaqalar Nontxaburi shahrida bo‘lib o‘tadi va ITF o‘smirlar taqvimidagi yuqori toifadagi turnirlar qatoriga kiradi. Ushbu turnirlarda muhim reyting ochkolari o‘ynaladi. J200 va J300 darajasidagi musobaqalarda qatnashish yosh tennischilarga jahon reytingidagi eng kuchli o‘yinchilarga qarshi bahs olib borish, o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazish va professional rivojlanishda muhim qadam qo‘yish imkonini beradi.
Sportchilar Tailandga murabbiy Aleksey Nomozov hamrohligida yo‘l olishdi. Ushbu turnirlar jiddiy tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, tennischilarimizga xalqaro reytingdagi o‘rinlarini mustahkamlashga yordam beradi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
