O‘zbekistonlik tennischilar ATF 14&U Dubai turnirida g‘olib chiqishdi
2025-yil 11–17-oktabr kunlari Dubay shahrida (BAA) ATF 14&U Dubai, 2-darajali xalqaro yoshlar tennis turniri bo‘lib o‘tdi. Turnir Osiyo va Yevropaning eng kuchli yosh tennischilarini birlashtirdi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan yosh sportchilar musobaqada ajoyib natijalar ko‘rsatishdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida o‘zbekistonlik Azamjon Ziyatov va Abdulazizi Axatov finalda Gonkong vakillari Daniel Mo va Lok Chu duetini 3–6, 6–4, 10–6 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Qizlar juftlik bahslarida ham o‘zbekistonlik tennischi Mumtozbegim Akramova Qozog‘iston vakili Maria Akatova bilan birgalikda g‘alaba qozondi. Ular finalda Gonkong vakillari Wei Chu va Yan Chan duetini 6–2, 6–3 hisobida yengib, turnir g‘oliblariga aylandilar.
Dubaydagi turnir natijalari O‘zbekistonda yoshlar tennisi tizimli rivojlanayotganini va istiqbolli sportchilarni tayyorlash dasturi samarali natija berayotganini yana bir bor tasdiqladi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
