O‘zbekistonlik tennischilar Dubaydagi turnirda ikki g‘alabani qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik tennischilar Kamron Xalilov va Abdulaziz Axatov 6–10-fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan xalqaro Rackets Academy Dubai Junior Open 1 (JWTS) turnirining g‘olibiga aylandi.
U10 toifasida Kamron Xalilov turnirni ishonchli o‘tkazdi va finalda BAA vakili Jad Uajanni 6-2, 6-3 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi bahslarda Abdulaziz Axatov ham chempion bo‘ldi. Hal qiluvchi uchrashuvda u Buyuk Britaniya vakili Maksimus Vollerni 6-4, 6-3 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekistonlik tennischilarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli ishtiroki yosh sportchilarning yuqori tayyorgarlik darajasi hamda mamlakatda bolalar tennisini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarni yana bir bor tasdiqlaydi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
