O‘zbekistonlik tennischilar Maniladagi 14 yoshgacha bo‘lganlar Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

Filippinda qit’aning eng kuchli yosh o‘yinchilarini jamlagan nufuzli GSPDP Asian 14&U Junior Championships 2025 turniri yakunlandi. Musobaqada O‘zbekiston vakillari ham qatnashdi.

O‘zbekistondan Muslima Turdimurodova va Tailanddan Pavenun Nualsri juftlik finaliga chiqishdi va Janubiy Koreyadan Seoheyon Kim va Tae Kim duetiga qarshi uchrashuvda 6:4, 4:2 hisobida oldinda borishar edi. Final uchrashuvi ob-havo sharoiti — yomg‘ir sababli yakunlanmadi.

Muslima Turdimurodova yakka bahsda o‘rinlar uchun o‘ynadi: avval Qozog‘iston vakilasiga 7:5, 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi, so‘ngra o‘zini qo‘lga olib, beshinchi raqamli Tae Kimni (Janubiy Koreya) 5:3, 4:1, keyin Amanda Tengni (Malayziya) 4:0, 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Turdimurodova yakunda yakka bahsda eng kuchli 13 talik guruhda o‘rnini mustahkamladi.

Saidaslam Farhodov birinchi davrada hindistonlik Rishikesh Maneni 6:1, 6:0 hisobida yengdi. Keyingi uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lib, TOP-16 ichida yakunladi.

Juftlik bahslarida Saidaslam qozoq tennischisi Amir Asqar bilan birga o‘ynadi. Duet jamoaviy xarakter ko‘rsatdi, biroq hindistonlik raqiblarga 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston vakillari — Turdimurodova va Farhodov — Filippindagi turnirni yakka bahslarda 14 yoshgacha bo‘lganlar orasida Osiyoning eng kuchli TOP-16 taligi chegarasida yakunladilar. Turdimurodova juftlik bahsida finalga chiqdi. ATF homiyligidagi A+ toifadagi turnir darajasi va raqiblar kuchini inobatga olganda bu munosib natijadir.

O‘zbekistonlik tennischilar uchun bunday turnirlarda qatnashish — rivojlanish yo‘lida muhim qadam. Bu uchrashuvlar qimmatli tajriba bo‘lib, yosh o‘yinchilarimiz Osiyoning eng kuchli vakillari bilan raqobatlasha olishini tasdiqladi.

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi ta’kidlamoqda, bunday natijalar nafaqat mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaydi, balki yangi avlod sportchilarini ham ilhomlantiradi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati