O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farhodov Qozog‘istondagi Tennis Europe turniri yarim finalchisi

O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farhodov Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida bo‘lib o‘tgan Tennis Europe 14&Under G3 Petropavlovsk xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

 

Asosiy setkaning chorak final uchrashuvida Farhodov Rossiya vakili Timofey Osipovni 6–1, 6–1 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuv davomida u barqaror va yetuk o‘yin namoyish qilib, Tennis Europe G3 toifasidagi turnir yarim finaliga chiqishni ta’minladi.

 

Nufuzli yoshlar turnirining yarim finaliga chiqish Saidaslam Farhodov uchun muhim bosqich bo‘lib, uning xalqaro maydondagi yuqori salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati