O‘zbekistonlik yosh tennischilar Roland Garros Junior Series saralash bosqichida ishtirok etmoqda

2025-yil 4-avgustdan boshlab Olmaota shahrida Fransiya Tennis Federatsiyasi (FFT), Osiyo Tennis Federatsiyasi (ATF) va Renault Group hamkorligida tashkil etilgan nufuzli xalqaro turnir — Roland Garros Junior Series by Renault (16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida) saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Turnir Markaziy va G‘arbiy Osiyoning eng kuchli tennischilarini birlashtirib, g‘oliblarga Fransiyada o‘tadigan Roland Garros Junior Series final bosqichida ishtirok etish imkonini beradi.

O‘zbekiston vakillari

O‘zbekiston ham yigitlar, ham qizlar o‘rtasidagi bahslarda o‘z vakillari bilan ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz nomidan quyidagi sportchilar qatnashmoqda:

Yigitlar:

  • Abdurahmon Karimov

  • Mahmudbek Beknazarov

  • Akmal Abdullaev

  • Alan Zinatullin

Qizlar:

  • Keira Kim

  • Veronika Jeparova

  • Emili Kim

Yigitlarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatib, guruh bosqichida bir qator ishonchli g‘alabalarga erishishdi. Masalan, Abdurahmon Karimov va Mahmudbek Beknazarov barcha o‘yinlarini ikki setda yutib, raqiblariga imkon qoldirishmadi.

Roland Garros Junior Series by Renault (U16) turnirining guruh bosqichida o‘zbekistonlik tennischilar quyidagi natijalarni qayd etdi:

Yigitlar

Abdurahmon Karimov (A guruhi)

  • Ibrohim Alandejani ustidan g‘alaba — 6-4, 6-2

  • Daler Amangeldi ustidan g‘alaba — 6-4, 6-2
    Natija: 2 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat

Mahmudbek Beknazarov (B guruhi)

  • Daniyel Yurekli ustidan g‘alaba — 6-1, 6-2

  • Kiyrosh Sadeghizeydi ustidan g‘alaba — 6-3, 6-3
    Natija: 2 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat

Akmal Abdullaev (C guruhi)

  • Arafat Mustafo ustidan g‘alaba — 6-1, 6-2

  • Ayrik Abedinzade ustidan g‘alaba — 6-1, 6-2
    Natija: 2 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat

Alan Zinatullin (D guruhi)

  • David Mogilevskiy ustidan g‘alaba — 6-0, 6-2

  • Ansar Niyatkaliyevga mag‘lub bo‘ldi — 6-1, 6-7(5), 0-6
    Natija: 1 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Qizlar orasida Keira Kim, Karolina Ligay, Shahzoda Artiqboeva, Alisa Korolyova va boshqa Markaziy Osiyolik tennischilar yuqori tayyorgarlik darajasini ko‘rsatib, mintaqadagi eng kuchli sportchilar bilan tengma-teng o‘ynashmoqda.

Qizlar

Keira Kim (A guruhi)

  • Saara Myzayeva ustidan g‘alaba — 6-1, 6-0

  • Laysan Nurusheva ustidan g‘alaba — 6-2, 7-6(6)
    Natija: 2 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat

Veronika Jeparova (B guruhi)

  • Karolina Ligayga mag‘lub bo‘ldi — 5-7, 3-6

  • Sofiya Malyshevaga mag‘lub bo‘ldi — 6-2, 2-6, 1-6
    Natija: 0 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat

Emili Kim (D guruhi)

  • Adie Omarbekka mag‘lub bo‘ldi — 6-4, 4-6, 3-6

  • Gauhar Aktanga mag‘lub bo‘ldi — 6-7(4), 0-6
    Natija: 0 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati