Özbekiston terma jamoasi Devis Cup kubogi guruh bosqiçining ikkinçi öyinini ötkazdi
Özbekiston terma jamoasi Devis Cup kubogi guruh bosqiçining (Osiyo/Okeaniya zonasi III guruhi) ikkinçi öyinini Filippin terma jamoasiga qarşi ötkazdi.
Yakkalik bahslarida Sergey Fomin Alberto Limani 6:4, 6:2 hisobida mağlubiyatga uçratib, terma jamoaga muhim oçko keltirdi.
Amir Miluşev kiçik Erik Olivaresga yutqazdi – 3:6, 2:6.
Damir Abdusamadov va Abdulaziz Usmonjonov juftlik bellaşuvida Frensis Keysi Alkantara/Ruben Gonsales duetiga 6:7 (2), 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uçraşuv yakuniga köra, Özbekiston terma jamoasi Filippin terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçining sönggi öyinida Iordaniya terma jamoasi bilan kuç sinaşadi. Jamoamizga omad tilaymiz!
