PEKINDAGI G‘ALABA

🏆 PEKINDAGI G‘ALABA! 🇺🇿🎾

Danila Kvasov va Akmal Abdullaev Pekinda o‘tkazilgan J300 toifasidagi turnirning juftlik bahslarida g‘olib bo‘lishdi!

Finalda esa Danila va Akmal 6-raqam ostida saralangan Wonmin Kim 🇰🇷 va Hanlei Lu 🇨🇳 juftligini 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub etishdi.

Turnir davomida O‘zbekiston juftligi 1- va 3-raqam ostida saralangan juftliklarni ham mag‘lub etib, o‘zining yuqori darajadagi o‘yinini namoyish etdi.

🇺🇿🔥 Ajoyib natija va munosib chempionlik!

Sportchilarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va ularga yangi zafarlar hamda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!