Polina Kudermetova Australian Open’da daniyalik raqibaga qarshi uch setlik bahs o‘tkazdi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi. U ikkinchi davrada Daniya vakilasi, jahon reytingida 14-o‘rinda turgan Klara Tausonga mag‘lub bo‘ldi.

 

Uchrashuv 1 soat 53 daqiqa davom etdi va keskin kurash ostida kechdi. Polina ikkinchi setni o‘z foydasiga hal qildi va ijobiy natijaga juda yaqin bo‘ldi, biroq hal qiluvchi setda raqiba o‘yinni o‘z foydasiga burishga muvaffaq bo‘ldi. Yakuniy hisob — 3–6, 6–3, 5–7.

 

Uchrashuv davomida kurash deyarli teng bo‘lganiga qaramay, yutib olingan ochkolar bo‘yicha ustunlik Tauson tomonida bo‘ldi — 91 ga 79, bu esa hal qiluvchi uchinchi setda asosiy omilga aylandi.

 

Australian Open’dagi ishtirok Kudermetova uchun xalqaro mavsumdagi muhim bosqich bo‘lib, “Grand Slam” turkumidagi turnirda qimmatli o‘yin tajribasini taqdim etdi.

 

 

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati